BUGUN AVTOSALONLARDA AVTOMOBIL XARID QILISh UCHUN 23 383 DONA SHARTNOMA MAVJUD

HURMATLI HARIDORLAR! AGAR DILER TOMONIDAN SIZGA RO‘YXATDA KO’RSATILGAN AVTOMOBILLARNI HARID QILISH UCHUN SHARTNOMA MAVJUD EMASLIGI MA’LUM QILINSA YOHUD SHARTNOMA UCHUN QO‘SHIMCHA MABLAG‘ TALAB QILINGAN TAQDIRDA KOMPANIYANING CALL-MARKAZI 71-141-77-77 YOKI ISHONCH TELEFONLARIGA MUROJAAT QILISHINGIZNI SO’RAYMIZ 78-147-14-14


Avtomobillar quyidagi modellar kesimida taqdim etilgan: Spark - 7 791, Nexia - 2 831, Cobalt - 3 942, Lacetti - 6 110, Маlibu - 2 578, Маlibu Turbo - 131.

Dilerlik korxonalari kesimida taqsimlangan shartnomalar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
Shartnoma tuzish uchun avtomobillar ro'yxati

Avtosalonga yetkazilgan avtomobillar ro‘yxati

* Bugungi kunda avval ro‘yxatga olingan arizalar bo‘yicha shartnoma tuzish uchun quyidagi modeldagi avtomobillar ajratilgan. Ushbu bo‘limdagi ma’lumotlar kunlik tarzda yangilanib boriladi.
* Eslatib o’tamiz GM О’zbekiston kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni sotib olish jarayonida yoki rasmiy dilerlik korxonasiga murojaat qilganingizda firibgarlik yoki korrupsion holatlarning guvohi bo'lsangiz sizdan kompaniyaning call-markazi 71-141-77-77 yoki ishonch telefonlariga murojaat qilishingizni so’raymiz 78-147-14-14

Arizalar bo’yicha shartnomalar berish

Bugungi kunda avval ro‘yxatga olingan arizalar bo‘yicha shartnoma tuzish uchun quyidagi modeldagi avtomobillar ajratilgan: Damas - 307, Labo - 138, Spark - 1, Nexia - 261, Cobalt - 49, Lacetti - 1

So'ngi yangiliklar

Mahsuloti:

Hozirgi paytda «GM Uzbekistan» AJ ning 3 ta ishlab chiqarish maydonchasida «Shevrole» (Chevrolet) va «Ravon» (Ravon) brendlari ostida avtomobillarning 10 modeli ishlab chiqariladi, jumladan, Matiz, Spark (R2), Nexia (R3),  Cobalt (R4), Lacetti (Gentra) modellari Asaka shahridagi asosiy ishlab chiqarish maydonida, Captiva, Malibu modellari Toshkent shahridagi filialda, Damas, Labo modellari Pitnak shahridagi filialda chiqariladi.

GM Uzbekistan yetkazib beruvchilari:

100 dan ortiq, shu jumladan sub-etkazib beruvchilar. Asosiylari — «Uz SeMyung», «Uz Koram», «Avtokomponent», «Uz Dong Yang», «Uz Xanvu», «Uz Dong Von Ko», «Uz Dong Ju Peynt», «Uz Tong Xong Ko», «Uz Chasis» va «Avtooyna».

Image Description
Kafolat davri:

Kafolat vakolatli dilerlar orqali sotilgan avtomobillarga taalluqli bo‘ladi, va normal sharoitlarda foydalaniladigan avtomobillar uchun, qaysi biri avvalroq yuz berishiga qarab, avtomobilning egasi tomonidan qabul qilinishi kunidan boshlab 12 oyni, yoki jami 20000 km o‘tilgan yo‘lni tashkil etadi.

Kafolat muayyan avtomobilga taalluqli bo‘ladi, va uning egasiga shaxsan bog‘liq bo‘lmaydi. Avtomobilning sotilishida sotuvchi servis kitobchasini yangi egasiga topshirishi va vakolatlangan dilerning muhrini qo‘yishi, hamda yangi egasining ma’lumotlarini servis kitobchasiga kiritishi shart. Kafolat davrining mobaynida avtomobilning yangi egasi servis kitobchasida ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchining barcha talablari bajarilishi sharti bilan, kafolatga ega bo‘lish yuzasidan xuddi shunday huquqlarga ega bo‘ladi.

Image Description